Iqtisod

Janubiy Koreyaning AHA kompaniyasi Farg‘ona bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Janubiy Koreyaning AHA kompaniyasi Farg‘ona bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
Janubiy Koreyaning AHA kompaniyasi Farg‘ona bilan hamkorlikni kengaytirmoqda / Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyaning AHA Co., Ltd kompaniyasi rahbari Ku Gi Do boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.

Loyiha Farg‘ona Ekoshahrida amalga oshirilmoqda. Yangi korxonada interaktiv elektron panellar (IFPD), elektromobillar uchun quvvatlash qurilmalari, tibbiy uskunalar va ichki hamda tashqi bozorlarga mo‘ljallangan boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish rejalashtirilgan.

Xayrullo Bozorov Janubiy Koreyalik investorning loyihani amalga oshirishdagi faolligini yuqori baholadi.

AHA Co., Ltd vakillari viloyat hokimiga kompaniyaning joriy faoliyati haqida maʼlumot berdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yangi korxona mahsulotlariga ichki va tashqi bozorlarda katta qiziqish bildirilmoqda. Shu munosabat bilan kompaniya bir qator hamkorlik kelishuvlarini imzolamoqda.

Bundan tashqari, Toshkentda kompaniyaning savdo ofisi ochildi. AHA Co., Ltd Farg‘ona davlat texnika universitetining 11 nafar talabasiga grantlar ham ajratdi.

Uchrashuvda kompaniyaning axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalarini amaliy amalga oshirish boshlangani ham qayd etildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.