Shoshilinch
Turizm

Turizm qo‘mitasida Chuvash Respublikasi bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi

Turizm qo‘mitasida Chuvash Respublikasi bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi
Turizm qo‘mitasida Chuvash Respublikasi bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov va Chuvash Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari - Iqtisodiy rivojlanish va mulkiy munosabatlar vaziri Dmitriy Krasnov o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini oshirish, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan xususiy tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Chuvash tomoni O‘zbekistonning madaniy merosi, tarixiy yodgorliklari va noyob tabiiy resurslariga asoslangan turizm mahsulotlari bilan birgalikda, yangi sayyohlik maskanlari va yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirildi.

D. Krasnov, o‘z navbatida, O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berib, turizm industriyasini rivojlanishi tajribasi, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.