Iqtisod

Saudiya delegatsiyasi BioPharma City salohiyatini o‘rgandi

Saudiya delegatsiyasi BioPharma City salohiyatini o‘rgandi
Saudiya delegatsiyasi BioPharma City salohiyatini o‘rgandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurrahmon Al-Jalojil boshchiligida O‘zbekistondagi innovatsion farmatsevtika klasteri — BioPharma City faoliyati bilan tanishdi.

Tibbiyot va farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligida Saudiya delegatsiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, BioPharma City salohiyati haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar farmatsevtika sohasida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.