Quyosh panellar egalariga 330 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya berildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning birinchi yarim yilligida 68,6 ming nafar jismoniy shaxsga quyosh panellari yordamida ishlab chiqarilib, yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi uchun Davlat byudjetidan 330 mlrd 822 mln so‘m miqdorida subsidiya to‘landi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
To‘lovlarning eng katta qismi Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keldi. U yerda subsidiya oluvchilarga 61,9 mlrd so‘m mablag‘ o‘tkazildi. Xorazm viloyatida subsidiyalar miqdori 60,5 mlrd so‘mni, Qashqadaryo viloyatida esa 37,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Soliq qo‘mitasi hisoblangan subsidiyani bank kartasiga o‘tkazish uchun Soliq mobil ilovasidan foydalanish mumkinligini eslatdi. Buning uchun «Quyoshli uy» bo‘limidagi «Keshbek va imtiyozlar» xizmatidan foydalanish lozim.
Vazirlik, shuningdek, 2023 yil 1 apreldan boshlab «Quyoshli uy» dasturi doirasida o‘zlariga tegishli obyektlarga o‘rnatilgan quyosh panellari egalariga shaxsiy isteʼmoldan ortiqcha ishlab chiqarilib, yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1 000 so‘mdan to‘lanishini maʼlum qildi.
Mablag‘lar Davlat byudjeti hisobidan ajratiladi.