O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
Oʻzbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi.

Kecha, 21-dekabr kuni Oʻzbekiston yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida nutq soʻzladi.

Davlatimiz rahbariga, shuningdek, Qirgʻiziston va Tojikiston Prezidentlariga Lev Tolstoy nomidagi Xalqaro tinchlik mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Bugun Prezidentimiz Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi va “Ermitaj” davlat muzeyi bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga joʻnab ketdi. Oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.