Iqtisod

O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirildi

O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirildi
O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston hukumati elektromobillar (TN VED 8703 80) uchun utilizatsiya yig‘imining oshirilishini tasdiqladi. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 31-yanvar kuni e’lon qilindi.

Yangi utilizatsiya yig‘imi stavkalari elektromobilning yoshiga bog‘liq:

— Uch yoshgacha bo‘lgan avtomobillar uchun — 120 BRV (45 million so‘m).

— Uch yoshdan katta avtomobillar uchun — 210 BRV (78,75 million so‘m).

Mazkur qaror faqatgina elektr dvigatelida ishlaydigan elektromobillarga taalluqli bo‘lib, gibrid avtomobillar uning doirasiga kirmaydi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy ichida utilizatsiya to‘lovini yig‘ish va samarali foydalanish tartibini ishlab chiqish topshirildi.

Oshirilgan utilizatsiya yig‘imi 2025-yil 1-maydan kuchga kiradi.

Bungacha, 2020-yil 1-avgustdan boshlab elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi stavkalari uch yoshgacha bo‘lgan avtomobillar uchun — 30 BRV, uch yoshdan katta avtomobillar uchun — 90 BRV etib belgilangan edi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.