Iqtisod

O‘zbekiston va Suriya savdoni rivojlantirish mexanizmlarini yaratdi

O‘zbekiston va Suriya savdoni rivojlantirish mexanizmlarini yaratdi
O‘zbekiston va Suriya savdoni rivojlantirish mexanizmlarini yaratdi / Foto: O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 19 sentyabr kuni Toshkentda ikki davlat vazirlari va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida O‘zbekiston–Suriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Suriya tomonidan iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida faoliyat yurituvchi 30 dan ortiq yirik kompaniya rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Forumda asosiy eʼtibor ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish va qo‘shma loyihalarni ilgari surishga qaratildi.

Iqtisodiy hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirish maqsadida Qo‘shma iqtisodiy va savdo qo‘mitasi, Ishbilarmonlik kengashi hamda vazir o‘rinbosarlari rahbarligida ishchi guruh tashkil etildi.

2027 yilda O‘zbekiston va Suriyada o‘zaro ko‘rgazmalar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Savdo aloqalarini kengaytirishning qo‘shimcha mexanizmi sifatida Halab shahrida O‘zbekiston Savdo uyi tashkil etiladi.

B2B va B2G uchrashuvlari doirasida ikki davlat vakillari savdo va investitsiyaviy hamkorlikning aniq yo‘nalishlari, istiqbolli loyihalar hamda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.