O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston yosh suzuvchilari Osiyo chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

UzDaily tahririyati · 21.07.2026 · 15:00 · 46 views
O‘zbekiston yosh suzuvchilari Osiyo chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston yosh suzuvchilari Osiyo chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tailandda turli yosh toifalari o‘rtasida suv sporti turlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida 100 metrga brass usulida suzish bahslarida Muhammadismoil Rahmonov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida 50 metrga chanqayib suzish bahslarida Parizod Abdukarimova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ushbu natijalar orqali O‘zbekiston terma jamoasi qitʼa chempionatida qo‘lga kiritgan medallari sonini yana-da ko‘paytirdi.