Shoshilinch
Iqtisod

O‘zbekiston va Yaponiya konchilik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Yaponiya konchilik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Yaponiya konchilik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi / Foto: O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U. Yusupov 6 oktyabr kuni Yaponiya Bosh vazirining maxsus maslahatchisi Yosimasa Uno boshchiligidagi yapon delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kenji Xirata ham ishtirok etdi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida biznes, infratuzilma, tog‘-kon sanoati va geologiya sohalaridagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Asosiy eʼtibor geologiya-qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohalaridagi hamkorlikka qaratildi. Uchrashuv ishtirokchilari tegishli yo‘nalishlarga Yaponiya investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, tog‘-kon sanoatida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari alohida ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.