Shoshilinch
O‘zbekiston

Turkiyada qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlandi

Turkiyada qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
Turkiyada qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlandi / Foto: Videodan olingan kadr.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Istanbul shahrida jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlandi.

Ushlanganlardan biri F.F.N. 2017 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni (bosqinchilik) sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan. Shu tariqa, uni qidirish qariyb to‘qqiz yil davom etgan.

Ikkinchi ushlangan shaxs A.M.A. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni (firibgarlik) sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Ushlanganidan so‘ng har ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Ayni paytda ularga nisbatan tegishli tergov va protsessual harakatlar davom ettirilmoqda.

Ushbu ushlashlar O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorligi natijasida amalga oshirildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.