Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 15 sentyabr kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Daniya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Lars Tuesen bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga, jumladan, yashil energetika, farmatsevtika, raqamli texnologiyalar, mashinasozlik, suv xo‘jaligi va logistika sohalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar aniq qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirish hamda O‘zbekiston–Daniya ishbilarmonlik sherikligini yana-da mustahkamlashga tayyor ekanini tasdiqladi.