Moliya

TXMM va Busan Finance Center hamkorlik memorandumini imzoladi

TXMM va Busan Finance Center hamkorlik memorandumini imzoladi
TXMM va Busan Finance Center hamkorlik memorandumini imzoladi / Foto: Toshkent xalqaro moliya markazi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro moliya markazi (TXMM) va Busan Finance Center ikki moliya markazi o‘rtasida institutsional hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda Toshkent xalqaro moliya markazi xabar berdi.

Imzolangan hujjat nusxalarini almashish marosimi 16 sentyabr kuni Pusan shahrida Jahon xalqaro moliya markazlari alyansining (WAIFC) yillik yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri maslahatchisi Aleksey Sim ishtirok etdi.

Memorandum barqaror va raqamli moliyalashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro moliya markazlarini rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish, shuningdek, qo‘shma tadqiqot va taʼlim dasturlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.

Tomonlar, shuningdek, moliya institutlari, xalqaro kompaniyalar va professional xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniyalarni Toshkent va Pusan shaharlariga jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.

Hujjat TXMM WAIFCning to‘laqonli aʼzosi sifatida qabul qilinganidan keyin imzolangan birinchi ikki tomonlama sheriklik kelishuvi bo‘ldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.