Iqtisod

O‘zbekiston Jahon iqtisodiy forumi bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston Jahon iqtisodiy forumi bilan hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston Jahon iqtisodiy forumi bilan hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev 15 sentyabr kuni Jahon iqtisodiy forumi vakili Ditrix N. Jon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon iqtisodiy forumi maydonlaridagi ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xususan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya imkoniyatlari va istiqbolli iqtisodiy tashabbuslarni yetakchi xalqaro kompaniyalar hamda moliya institutlari o‘rtasida targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston kompaniyalarining Forum tadbirlarida ishtirokini kuchaytirish, shuningdek, global biznes yetakchilari, investorlar va strategik hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar Jahon iqtisodiy forumi imkoniyatlaridan O‘zbekistonning global iqtisodiy kun tartibidagi mavqeini mustahkamlash va xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyati bilan hamkorlikni kengaytirish uchun foydalanishga tayyor ekanini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.