O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

O‘zbekiston va Germaniya xomashyo sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Dilafro'z Niyazova · 10.09.2026 · 11:15 · 32 views
O‘zbekiston va Germaniya xomashyo sohasida hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Germaniya xomashyo sohasida hamkorlikni muhokama qildi / Foto: O'zbekiston Respublikasi Konchilik va geologiya vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islomov 9 sentyabr kuni Mangold Consulting GmbH kompaniyasi raisi Klaus Mangold boshchiligidagi Germaniya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda vazirlikning masʼul xodimlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston texnologik metallar kombinati vakillari korxona faoliyati, uning joriy ishlab chiqarish imkoniyatlari, shuningdek, strategik mineral resurslarni o‘zlashtirish va qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot o‘tkazdi.

Shundan so‘ng Mercedes-Benz AG vakillari «O‘zbekiston–Germaniya xomashyo dialogi» mavzusida maʼruza taqdim etdi. Uchrashuv ishtirokchilari sanoat sohasidagi hamkorlik istiqbollari, O‘zbekistonning mineral-xomashyo salohiyati va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Tomonlar o‘rtasida texnologik va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tog‘-kon sanoati va strategik xomashyo resurslari sohasida hamkorlikni yana-da rivojlantirishga kelishib olindi. Tomonlar istiqbolli yo‘nalishlarni birgalikda o‘rganish va muloqotni davom ettirishga ham kelishib oldi.