O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Iqtisod

Navoiy viloyatida 300 MVt quvvatli quyosh stansiyasi ishga tushirildi

Dilafro'z Niyazova · 27.08.2026 · 20:00 · 33 views
Navoiy viloyatida 300 MVt quvvatli quyosh stansiyasi ishga tushirildi
Navoiy viloyatida 300 MVt quvvatli quyosh stansiyasi ishga tushirildi / Foto: Energetika vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Navoiy viloyatining Nurota tumanida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi va 150 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. Loyiha qiymati 390 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Loyiha Xitoyning China Energy Overseas Investment kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Uni amalga oshirish doirasida obyektlarda 30 ta doimiy ish o‘rni yaratildi.

Quyosh stansiyasi har yili 657 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Energetika vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, bunday hajm bir yil davomida qariyb 273 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun yetarli.

Majmuaning ishga tushirilishi tabiiy gazdan foydalanishni ham qisqartirish imkonini beradi. Yiliga 175 mln kub metr gaz tejalishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, loyihaning amalga oshirilishi natijasida har yili atmosferaga 377 ming tonna zararli moddalar chiqarilishining oldi olinadi.

Yangi energetika majmuasi tarkibiga quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda elektr energiyasini jamlash uchun mo‘ljallangan 150 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi kiradi.