7
Iqtisod

O‘zbekiston va ITB yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va ITB yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi
O‘zbekiston va ITB yangi investitsiya loyihalarini muhokama qildi / Foto: Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov 9 sentyabr kuni Islom taraqqiyot bankining (ITB) Olmaotadagi mintaqaviy vakolatxonasi yangi rahbari Hammad Zafar Xundal bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida vazir Hammad Zafar Xundalni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Asosiy eʼtibor suv va qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi, energetika, taʼlim hamda sog‘liqni saqlash sohalaridagi ustuvor loyihalarni amalga oshirishga qaratildi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiya tashabbuslarini ilgari surish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.