O‘zbekiston termalari Osiyo o‘yinlari raqiblarini bildi
O‘zbekiston termalari Osiyo o‘yinlari raqiblarini bildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilgi Aychi–Nagoya yozgi Osiyo o‘yinlari futbol turniri uchun o‘tkazilgan qurʼa tashlash marosimi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yoshlar va ayollar terma jamoalarining musobaqa guruh bosqichidagi raqiblari aniqlandi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U23) C guruhidan joy oldi. Jamoa guruh bosqichida Vyetnam, Filippin va Quvayt terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa G guruhida ishtirok etadi. Uning raqiblari Xitoy, Filippin va Gonkong terma jamoalari bo‘ladi.
2026 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlari Yaponiyaning Aychi va Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, jamoalar musobaqa nizomiga muvofiq turnir medallari uchun kurashni davom ettiradi.