O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekiston Ochlik va Qashshoqlikka Qarshi Kurashish Bo‘yicha Global Ittifoqqa qo‘shildi

Dilafro'z Niyazova · 30.11.2024 · 12:29 · 1473 views
O‘zbekiston Ochlik va Qashshoqlikka Qarshi Kurashish Bo‘yicha Global Ittifoqqa qo‘shildi
O‘zbekiston Ochlik va Qashshoqlikka Qarshi Kurashish Bo‘yicha Global Ittifoqqa qo‘shildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston rasman Ochlik va Qashshoqlikka Qarshi Kurashish Bo‘yicha Global Ittifoq a’zosi bo‘ldi.

Bu qaror mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni mustahkamlashga qaratilgan.

Yuzdan ortiq davlatni o‘z ichiga olgan ushbu ittifoqqa qo‘shilish O‘zbekistonga tajriba almashish, investitsiyalarni jalb etish va ochlik, qashshoqlik va tengsizlikka qarshi kurashishda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlarini beradi.