Iqtisod

Namangan birinchi yarim yillikda tug‘ilishlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi

Namangan birinchi yarim yillikda tug‘ilishlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi
Namangan birinchi yarim yillikda tug‘ilishlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi / Foto: O‘zbekiston 24 videosidan kadr.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 373 389 ta tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Yilning dastlabki olti oyida eng ko‘p tug‘ilish Namangan shahrida qayd etildi — 8 181 ta holat. Ikkinchi o‘rinni Samarqand viloyatining Urgut tumani 7 014 ta tug‘ilish bilan egalladi.

Andijon shahrida 6 306 ta, Samarqand shahrida 5 559 ta, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida esa 5 542 ta tug‘ilish qayd etilgan.

Birinchi o‘ntalikdan shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani — 3 968 ta tug‘ilish, Qashqadaryo viloyatining Koson tumani — 3 878 ta va shu viloyatning Qamashi tumani — 3 874 ta tug‘ilish bilan joy oldi.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida ushbu davrda 3 700 ta tug‘ilish, Andijon viloyatining Asaka tumanida esa 3 446 ta tug‘ilish qayd etildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.