Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuxamedov Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, Qozog‘iston Harbiy-dengiz kuchlari harbiy xizmatchilarining halok bo‘lgani munosabati bilan taʼziya bildirdi.
Tashrif davomida vazir Qozog‘iston xalqiga, shuningdek, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazdi.
Halok bo‘lganlar xotirasi uchun harbiy ehtirom ko‘rsatildi.
Tashrif O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa idoralari o‘rtasidagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va birdamlik, shuningdek, do‘stona munosabatlar hamda hamkorlik ifodasi bo‘ldi.