Iqtisod

«S. Nadjimov» postida yuk mashinalari navbati yuzaga keldi

«S. Nadjimov» postida yuk mashinalari navbati yuzaga keldi
«S. Nadjimov» postida yuk mashinalari navbati yuzaga keldi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatidagi «S. Nadjimov» chegara bojxona postida O‘zbekistondan chiqib ketayotgan yuk avtotransport vositalari qisqa muddatli navbatlar yuzaga kelmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Navbatlarni tezkor bartaraf etish uchun postda zarur kuch va vositalar safarbar qilingan.

Bojxona boshqarmasi rasmiylashtirish jarayonining davomiyligi qo‘shni davlatning chegara o‘tkazish punktidagi ishlarning tezkorligiga ham bog‘liq ekanini taʼkidladi. Shu munosabat bilan ikki davlat chegara bojxona postlari rahbarlari o‘rtasida tezkor hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Chegara va bojxona postlariga yo‘l olgan yuk avtomobillari haydovchilari navbatlar bilan bog‘liq vaziyat haqidagi dolzarb maʼlumotlarni Telegram‘dagi maxsus guruh orqali olishlari va ushbu maʼlumotlarni inobatga olgan holda harakatlanish yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.