O‘zbekiston FIFA reytingida 60-o‘ringa tushdi
O‘zbekiston FIFA reytingida 60-o‘ringa tushdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati yakunlariga ko‘ra yangilangan FIFA reytingida 10 pog‘ona pastlab, 60-o‘rinni egalladi.
Jahon reytingidagi pasayishga qaramay, milliy terma jamoa Markaziy Osiyoning eng kuchli terma jamoasi maqomini saqlab qoldi.
Yangilangan reytingda Tojikiston 101-o‘rinni, Qirg‘iziston 106-o‘rinni, Qozog‘iston 111-o‘rinni, Turkmaniston esa 141-o‘rinni egalladi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC)ga aʼzo milliy terma jamoalar orasida O‘zbekiston yettinchi o‘rinda qayd etildi.
Yangilangan FIFA reytingi jami 211 ta milliy terma jamoani o‘z ichiga oladi. Birinchi o‘rinni 2026 yilgi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi egallagan bo‘lsa, eng so‘nggi pog‘onada San-Marino terma jamoasi joylashgan.
2026 yilgi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi K guruhida to‘rtinchi o‘rinni egallab, musobaqani guruh bosqichida yakunladi. Jamoa Kolumbiyaga (1:3), Portugaliyaga (0:5) va Kongo Demokratik Respublikasiga (1:3) mag‘lub bo‘ldi.