O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi CAVA chempionatini g‘oliblik bilan yakunladi

UzDaily tahririyati · 30.07.2026 · 22:55 · 22 views
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi CAVA chempionatini g‘oliblik bilan yakunladi
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi CAVA chempionatini g‘oliblik bilan yakunladi / Foto: Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — «Olimpiya shaharchasi»da plyaj voleyboli bo‘yicha CAVA Beach Volleyball Championship xalqaro turniri yakunlandi. Musobaqa natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi oltin medallarni qo‘lga kiritdi, mamlakatning ikkinchi jamoasi esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Final uchrashuvida O‘zbekistonning birinchi terma jamoasi Qirg‘iziston jamoasini 2:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etib, turnir g‘olibiga aylandi. Uchinchi o‘rin uchun bahs O‘zbekistonning ikkinchi va uchinchi terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda ikkinchi jamoa g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, ayollar o‘rtasidagi musobaqada birinchi o‘rinni O‘zbekistonning birinchi terma jamoasi egalladi, kumush medallar Qirg‘iziston jamoasiga nasib etdi, bronza medalni esa O‘zbekistonning ikkinchi terma jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning erkaklar qismida birinchi o‘rinni Eronning birinchi terma jamoasi egalladi. Qozog‘iston jamoasi kumush medallarga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Eronning ikkinchi terma jamoasi qayd etdi.