O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston 2027 yilda U-17 Osiyo kuboga mezbonlik qiladi

UzDaily tahririyati · 30.07.2026 · 23:45 · 27 views
O‘zbekiston 2027 yilda U-17 Osiyo kuboga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston 2027 yilda U-17 Osiyo kuboga mezbonlik qiladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo‘mitasi 2027 yilgi 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogini qabul qiluvchi davlat sifatida O‘zbekistonni tasdiqladi. Tegishli qaror tashkilotning navbatdagi yig‘ilishida qabul qilindi.

Yig‘ilish davomida 2029 yilgi U-17 Osiyo kubogi Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi ham belgilandi.

Bundan tashqari, OFK Ijroiya qo‘mitasi 2028 yilgi 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo kubogini o‘tkazish joyi sifatida Yaponiyani tanladi.

Ushbu turnir 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga Osiyo qitʼasidan saralash musobaqasi vazifasini bajaradi.

Yig‘ilish ishtirokchilari OFKning klublar va yoshlar musobaqalari reglamentlariga kiritiladigan o‘zgartishlarni ham tasdiqladi. Xususan, 2026/27 yilgi mavsumdan boshlab AFC Champions League Elite turniri 32 ta jamoa ishtirokida yangi formatda o‘tkaziladi.

O‘zgartishlar, shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga saralash tizimiga ham taalluqli bo‘ladi.