O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston Cadila Pharmaceuticals bilan yangi loyihalarni muhokama qildi

UzDaily tahririyati · 07.08.2026 · 11:15 · 38 views
Oʻzbekiston Cadila Pharmaceuticals bilan yangi loyihalarni muhokama qildi
Oʻzbekiston Cadila Pharmaceuticals bilan yangi loyihalarni muhokama qildi / Foto: Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovning Hindiston Respublikasiga xizmat safari doirasida mamlakatning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri — Cadila Pharmaceuticals rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda zamonaviy farmatsevtika ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, kompaniya vakillariga «BioPharma City» farmatsevtika klasterining imkoniyatlari, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, shuningdek, qo‘shma ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish va yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tomonlar «BioPharma City» doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro sifat standartlarini joriy etish hamda texnologiyalar transferi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.