Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri maslahatchisi Azizbek Isoyev Xitoyning China Southern Power Grid Industrial Development Group kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda elektromobillar uchun zamonaviy quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish, xususan, Toshkent–Xorazm yo‘nalishi bo‘ylab tegishli infratuzilmani barpo etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, quvvatlash uskunalarini mahalliylashtirish, servis infratuzilmasini rivojlantirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar aniq loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.