Iqtisod

MPPM va O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi hamkorlikni kengaytiradi

MPPM va O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi hamkorlikni kengaytiradi
MPPM va O‘zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi hamkorlikni kengaytiradi  / Foto: MPPM.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Malayziya biznes imkoniyatlarini kengaytirish kengashi (MPPM) va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot assambleyasi O‘zbekistonda Malayziya kompaniyalari, mutaxassislari va tashkilotlari uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Memorandum savdo missiyalari va biznes-forumlarni tashkil etish, investitsiya va loyihaviy faoliyat, jumladan, infratuzilma loyihalari, shaharsozlikni rivojlantirish va «aqlli shaharlar» barpo etish sohalarida hamkorlik qilishni nazarda tutadi.

Hamkorlikning alohida yo‘nalishlari sifatida halol sanoat, taʼlim va talabalarning akademik mobilligi, islomiy moliya, shuningdek, turizm va madaniy almashinuv belgilandi.

Doimiy muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida tomonlar Malayziya va O‘zbekistonda doimiy vakolatxonalar ochishni rejalashtirmoqda. Assambleyaning Malayziyadagi maslahatchisi va vakili etib doktor Ali Sher Mohamad tayinlandi.

MPPM, shuningdek, belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilishdan manfaatdor kompaniyalar, mutaxassislar va tashkilotlarni qo‘shimcha maʼlumot olish uchun murojaat qilishga taklif etmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.