Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash ustidan nazorat kuchaytirildi.
1 sentyabrdan 22 sentyabrga qadar 14 051 nafar yo‘lovchiga yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Nazorat va tushuntirish tadbirlarini «Toshkent shahrida yo‘lovchi tashishni monitoring qilish va nazorat qilish» davlat muassasasi xodimlari o‘tkazmoqda. Asosiy eʼtibor yo‘lovchilar tomonidan yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lash tartibiga rioya etilishiga qaratilmoqda.
Transport vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, sentyabr oyining dastlabki 22 kunida rasmiylashtirilgan bayonnomalar soni avgust oyiga nisbatan 8 494 taga oshgan. O‘sish 153 foizni tashkil etgan.
2026 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkentda brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘l haqini to‘lashning yangi tartibi amal qilmoqda.
Belgilangan qoidalarga ko‘ra, yo‘lovchilar avtobusga kirish vaqtida yo‘l haqini bevosita to‘lashlari kerak.
Yo‘l haqini to‘lashning yangi tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat davom ettirilmoqda.