Valyuta kurslari 16/09/2025
$1 – 12344.61
UZS – -0,66%
€1 – 14501.21
UZS – -0,45%
₽1 – 149.70
UZS – 1,86%
Qidirish
“Kapitalbank”ning sof foydasi 2024 yil yakunlari bo‘yicha 1,8 trln so‘mdan oshdi

“Kapitalbank”ning sof foydasi 2024 yil yakunlari bo‘yicha 1,8 trln so‘mdan oshdi

“Kapitalbank”ning sof foydasi 2024 yil yakunlari bo‘yicha 1,8 trln so‘mdan oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yil yakunlari bo‘yicha “Kapitalbank”ning xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) asosidagi sof foydasi 1,8 trln so‘mdan oshdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 8% o‘sishni tashkil etdi.

Bankning aktivlari yil davomida 13,4%ga o‘sib, 47,1 trln so‘mga yetdi. Kapital 38,3%ga oshib, 5,7 trln so‘mni tashkil etdi, taqsimlanmagan foyda esa 45%ga o‘sib, 4,8 trln so‘mga yetdi.

Bankning foizli daromadlari 41,7%ga o‘sib, 6,8 trln so‘mni tashkil etdi, komissiyalik daromadlari esa 17,4%ga o‘sib, 5,7 trln so‘mga yetdi.

Jismoniy shaxslarning depozitlari yil davomida 37,2%ga oshib, rekord darajadagi 21,4 trln so‘mga yetdi. Kredit portfeli esa 6,3%ga o‘sib, 31,6 trln so‘mni tashkil qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling