O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Moliya

Markaziy bank iyul oyida bir tonna oltin sotdi

Dilafro'z Niyazova · 04.09.2026 · 21:25 · 29 views
Markaziy bank iyul oyida bir tonna oltin sotdi
Markaziy bank iyul oyida bir tonna oltin sotdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Markaziy banki 2026 yil iyul oyida 1 tonna oltin sotdi. Shu bilan birga, yil boshidan buyon Markaziy bank tomonidan oltin xaridi 40 tonnani tashkil etdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) markaziy banklarning oltin zaxiralari haqidagi hisobotida maʼlum qildi.

Kengash maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonning umumiy zaxiralarida oltinning ulushi 87 foizni tashkil etadi. Bu qariyb 431 tonna oltinga teng.

Hisobotda qayd etilishicha, mamlakat Markaziy banki yaqinda rais Timur Ishmetov AQSHdagi aktivlarni boshqaruvchi kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazganidan so‘ng eʼtibor markazida bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, oltin hozircha «eng yaxshi investitsiya» bo‘lib qolmoqda. Biroq Markaziy bank zaxiralarni boshqarishning umumiy strategiyasi doirasida zaxiralarning bir qismini «qulay narxlarda» sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Umuman, dunyo markaziy banklari iyul oyida oltin zaxiralarini sof hisobda 23 tonnaga oshirdi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar orasida xarid hajmi bo‘yicha Xitoy 20 tonna va Polsha 8 tonna bilan yetakchilik qildi. Xitoy Xalq banki 2026 yil may oyidan boshlab har oy ikki xonali hajmda oltin xarid qilmoqda. Yil boshidan buyon u o‘z zaxiralarini 60 tonnaga oshirdi. Bu ko‘rsatkich Polshadagidan keyin ikkinchi eng yuqori natija hisoblanadi.

Iyul oyida oltinning eng yirik sof sotuvchisi Rossiya bo‘ldi. Mamlakat 6 tonna oltin sotgan. Undan keyin Turkiya, Iordaniya va O‘zbekiston keladi — har bir davlat 1 tonnadan oltin sotgan.

Yil boshidan buyon markaziy banklarning oltin xaridlarining umumiy hajmi qariyb 130 tonnani tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich taxminan 160 tonna bo‘lgan.