O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Sport

Ilgiz Tantashev Jahon chempionati hakamlari top-10ligiga kirdi

Dilafro'z Niyazova · 25.07.2026 · 15:30 · 564 views
Ilgiz Tantashev Jahon chempionati hakamlari top-10ligiga kirdi
Ilgiz Tantashev Jahon chempionati hakamlari top-10ligiga kirdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashevni 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining eng yaxshi o‘n nafar hakami qatoriga kiritdi.

Eʼlon qilingan reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston vakili jahon chempionati uchrashuvlarida ishlagan hakamlar orasida 10-o‘rinni egalladi.

Reytingni tuzishda IFFHS hakamlarning turnirning guruh bosqichidagi hamda pley-off uchrashuvlaridagi faoliyatini inobatga oldi.

Jahon chempionatida Ilgiz Tantashev guruh bosqichi va pley-off uchrashuvlarida hakamlik qildi. U Osiyo hakamlari korpusining eng yuqori baholangan vakillaridan biriga aylandi.