Iqtisod

Aholi jon boshiga bozor xizmatlari hajmi 14,6%ga oshdi

Aholi jon boshiga bozor xizmatlari hajmi 14,6%ga oshdi
Aholi jon boshiga bozor xizmatlari hajmi 14,6%ga oshdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 20,9 mln so‘mni tashkil etdi. 2025 yilning mos davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 14,6 foizga oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Aholi jon boshiga bozor xizmatlarining eng yuqori hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan — 104,0 mln so‘m. Ikkinchi o‘rinda 17,0 mln so‘m ko‘rsatkich bilan Navoiy viloyati, uchinchi o‘rinda esa 16,9 mln so‘mlik ko‘rsatkich bilan Toshkent viloyati qayd etilgan.

Buxoro viloyatida aholi jon boshiga bozor xizmatlari hajmi 14,4 mln so‘mni, Xorazm viloyatida 13,2 mln so‘mni, Namangan viloyatida 12,9 mln so‘mni, Samarqand viloyatida esa 12,8 mln so‘mni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyatida mazkur ko‘rsatkich 12,3 mln so‘mga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,0 mln so‘mga, Sirdaryo viloyatida 11,9 mln so‘mga yetdi.

Andijon viloyatida aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 11,5 mln so‘mni, Jizzax viloyatida 11,1 mln so‘mni, Qashqadaryo viloyatida 10,1 mln so‘mni tashkil qildi.

Hududlar orasida eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatida qayd etildi — 8,3 mln so‘m.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.