O‘zbekiston

2025 yilning 10 oyida qariyb 6,4 mln o‘zbekistonlik xorijga chiqdi

2025 yilning 10 oyida qariyb 6,4 mln o‘zbekistonlik xorijga chiqdi
2025 yilning 10 oyida qariyb 6,4 mln o‘zbekistonlik xorijga chiqdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar–oktyabr oylarida taxminan 6,4 million O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 million nafarga yoki 24,7 foizga ko‘p ekani Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlarida qayd etilgan.

Eng ko‘p tashrif buyurilgan davlatlar orasida qo‘shni mamlakatlar yetakchilik qilmoqda: Qirg‘izistonga 2,8 million, Qozog‘istonga 1,2 million va Tojikistonga 1,1 million fuqaro safar qilgan. Shuningdek, Rossiyaga — 370,1 ming, Saudiya Arabistoniga — 237,1 ming va Turkiyaga — 230,8 ming nafar sayyoh yo‘l olgan.

Boshqa ommabop yo‘nalishlar qatoridan BAA (114,1 ming turist), Misr (56,2 ming), Xitoy (39,6 ming) va Vyetnam (32,8 ming) o‘rin olgan.

Qolgan davlatlarga jami 204,1 ming o‘zbekistonlik tashrif buyurgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.