Iqtisod

2024 yilda O‘zbekistonda 8,8 milliard dona tuxum ishlab chiqarildi

2024 yilda O‘zbekistonda 8,8 milliard dona tuxum ishlab chiqarildi
2024 yilda O‘zbekistonda 8,8 milliard dona tuxum ishlab chiqarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024 yil davomida respublikaning barcha toifadagi xo‘jaliklari tomonidan 8,8 milliarddan ortiq tuxum ishlab chiqarildi. Bu haqda Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlarida aytib o‘tilgan.

Ishlab chiqarish hajmi quyidagicha taqsimlangan: fermer xo‘jaliklari 1,38 milliard dona, dehqon va yordamchi xo‘jaliklar 5,02 milliard dona, qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar esa 2,41 milliard dona tuxum ishlab chiqargan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.