Xusanov «Manchester Siti» g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Xusanov «Manchester Siti» g‘alabasiga hissa qo‘shdi
 

Xusanov «Manchester Siti» g‘alabasiga hissa qo‘shdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Manchester Siti» Angliya premyer ligasining 33-turida o‘z maydonida “Arsenal” ustidan muhim g‘alabaga erishdi. Jamoa muvaffaqiyatiga O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Xusanov katta hissa qo‘shib, uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

“Etixad” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. Hisob 16-daqiqada Rayan Sherki tomonidan ochildi, biroq 18-daqiqadayoq Kay Xavers muvozanatni tikladi. G‘alaba golini 65-daqiqada Erling Xoland kiritdi.

Xusanov o‘yin davomida himoyada ishonchli harakat qilib, raqib hujumlarini to‘xtatish va jamoasiga g‘alabani saqlab qolishda muhim rol o‘ynadi.

Ushbu g‘alaba tufayli «Manchester Siti» 67 ochko jamg‘arib, yetakchi “Arsenal”dan farqni uch ochkoga qisqartirdi. Shu bilan birga, Xosep Gvardiola jamoasi zaxirada bitta o‘yinga ega.

Kelasi turda «Manchester Siti» 22 aprel kuni safarda “Byornli”ga qarshi maydonga tushadi, “Arsenal” esa 25 aprel kuni “Nyukasl”ni qabul qiladi.

#Abduqodir Husanov  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling