“UzCard“ I chorakda foydasini 42%ga oshirdi

“UzCard“ I chorakda foydasini 42%ga oshirdi
 

“UzCard“ I chorakda foydasini 42%ga oshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yagona umumrespublika protsessing markazi“ AJ (“UzCard“ to‘lov tizimi)ning 2026 yilning I choragidagi (auditlanmagan MHXS) sof foydasi 437,4 mlrd so‘mni tashkil etdi, bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 42,2%ga ko‘pdir.

Shu bilan birga, jamiyat 25 may kuni aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Unda uchta masala, jumladan I chorak yakunlari bo‘yicha foydani hamda o‘tgan yillardagi taqsimlanmagan foydani taqsimlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kuzatuv kengashi har bir aksiya uchun 13 300 so‘mdan dividend to‘lashni tavsiya etdi. Dividend to‘lovlarining umumiy hajmi 665,0 mlrd so‘mni ($55,0 mln) tashkil qiladi.

2022 yil oktabr oyida “UzCard“dagi ilgari besh davlat bankiga tegishli bo‘lgan 75% davlat ulushi kompaniyaning to‘rt nafar jismoniy shaxsga — jami 25% ulushga ega bo‘lgan aksiyadorlarga sotilgan edi.

Davlat ulushi o‘sha paytda 210,1 mlrd so‘mga sotilgan edi. Shu tariqa, to‘lov tizimi taxminan 280 mlrd so‘mga (2022 yil oktabr oyidagi kurs bo‘yicha $25,2 mln) baholangandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling