Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. Saidovning taʼkidlashicha, Daniya O‘zbekistonning Yevropadagi istiqbolli hamkorlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Muloqotda siyosiy muloqotni faollashtirish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va ilmiy almashinuvlarni kengaytirish masalalariga asosiy eʼtibor qaratildi.
Muzokaralarning alohida qismi iqtisodiy hamkorlikka bag‘ishlandi. Tomonlar investitsiyalarni jalb qilish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston turli tarmoqlarda Daniya kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor, dedi O‘zbekiston tashqi siyosat mahkamasi rahbari.
Daniya TIV rahbarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati kabi qator tadbirlar ham rejalashtirilgan.