7
Turizm

Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston va Armanistonning turizm sohasidagi hamkorligini muhokama qildi

Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston va Armanistonning turizm sohasidagi hamkorligini muhokama qildi
Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston va Armanistonning turizm sohasidagi hamkorligini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sandjar Tadjiyev Armanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Georgi Kocharyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasida turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar 2026-yilda o‘zaro manfaatli bo‘lgan qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar hamda ushbu tadbirlarni tashkil etish uchun yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.