Toshkent metropoliteni yana uchta yangi poyezdni qabul qildi
Toshkent metropoliteni yana uchta yangi poyezdni qabul qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent metropoliteni harakat tarkibini yangilashni davom ettirmoqda. 20 iyul kuni poytaxt metrosiga yana uchta zamonaviy poyezd tarkibi yetkazib berildi.
Avvalroq, 12 iyul kuni ham metropolitenga uchta yangi poyezd tarkibi keltirilgan edi. Joriy yilda amalga oshirilgan yetkazib berishlarni hisobga olganda, zamonaviy harakat tarkiblari soni 47 taga yetdi.
Toshkent metropoliteni maʼlum qilishicha, 2026 yil oxiriga qadar yana sakkizta to‘rt vagonli poyezd tarkibini xarid qilish rejalashtirilgan.
Harakat tarkibini yangilash yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va xavfsizligini oshirish, poyezdlar harakati oralig‘ini qisqartirish, shuningdek, eski avlod vagonlarini bosqichma-bosqich zamonaviy harakat tarkiblari bilan almashtirishga qaratilgan.
Yangi poyezdlar sonining ko‘payishi metropoliten faoliyati samaradorligini oshirish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sharoitlarini yana-da yaxshilashi kutilmoqda.