O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Qariyb 1500 o‘zbekistonlik soxta ishga joylashtirilganini maʼlum qildi

UzDaily tahririyati · 20.07.2026 · 21:41 · 90 views
Qariyb 1500 o‘zbekistonlik soxta ishga joylashtirilganini maʼlum qildi

Qariyb 1500 o‘zbekistonlik soxta ishga joylashtirilganini maʼlum qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilning birinchi yarim yilligida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasiga o‘z roziligisiz ishga rasmiylashtirilganini maʼlum qilgan fuqarolardan 1495 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 143 ta korxona va tashkilot rahbarlariga nisbatan maʼmuriy hamda jinoiy taʼsir choralari qo‘llanildi.

Idora matbuot xizmati maʼlum qilishicha, yana 56 ta korxonaga aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berilgan.

Tekshiruvlar davomida inspeksiya murojaatlarda qayd etilgan ayrim tashkilotlar hozirgi vaqtga kelib tugatilganini ham aniqladi. Bunday holatlarda 2020–2025 yillar davomida Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilgan fuqarolarning mehnat faoliyatiga oid ishonchsiz maʼlumotlar o‘chirildi va ularning huquqlari tiklandi.

Davlat mehnat inspeksiyasi o‘z shaxsiy roziligisiz ishga rasmiylashtirilgani haqida maʼlumotlarni aniqlagan fuqarolar 1176 qisqa raqami orqali yoki rasmiy @munosibmehnat_bot Telegram-boti orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi.

Idorada taʼkidlanishicha, har bir murojaat qonunchilik talablariga muvofiq ko‘rib chiqiladi va shundan so‘ng zarur taʼsir choralari ko‘riladi.