O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Rossiya sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 16.07.2026 · 13:20 · 27 views
Oʻzbekiston va Rossiya sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Rossiya sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Tamila Aliyeva hamda sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan ishchi tashrifi doirasida qator yuqori darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
 
Safar davomida Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin, Hukumat Raisining o‘rinbosarlari Aleksey Overchuk va Dmitriy Grigorenko bilan muzokaralar o‘tkazildi.
 
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Aleksey Gromov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 
Muzokaralarda sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tibbiyotni raqamlashtirish hamda o‘zbekistonlik mutaxassislarning Rossiyaning yetakchi ixtisoslashtirilgan tibbiyot va ilmiy muassasalarida malakasini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrifning mazmunli tashkil etilgani, samimiy va iliq kutib olingani hamda sermahsul uchrashuvlar uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumatiga minnatdorlik bildirdi. Mazkur uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.