O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentda milliy taomlar restoranidagi yong‘in tez bartaraf etildi

UzDaily tahririyati · 05.07.2026 · 21:00 · 26 views
Toshkentda milliy taomlar restoranidagi yong‘in tez bartaraf etildi

Toshkentda milliy taomlar restoranidagi yong‘in tez bartaraf etildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun, 5 iyul kuni soat 10:10 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan milliy taomlar restoranida yong‘in chiqqanligi haqida xabar kelib tushdi.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga atigi to‘rt daqiqada, soat 10:14 da yetib keldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining tezkor harakatlari tufayli yong‘in soat 10:17 da to‘liq bartaraf etildi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida restoran oshxonasi joylashgan xonaning tom qismi shikastlangan.

Tezkor xizmatlar maʼlumotiga ko‘ra, hodisa natijasida halok bo‘lganlar va jabrlanganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.