O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston U20 Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

UzDaily tahririyati · 05.07.2026 · 12:30 · 24 views
O‘zbekiston U20 Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston U20 Osiyo chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tailandning Pattayya shahrida o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekistonning grek-rim kurashi bo‘yicha terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbek polvonlari ikki oltin, ikki kumush va to‘rt bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Navbatdagi musobaqa kunida O‘zbekiston vakillari medallar jamg‘armasini yana beshta mukofot bilan boyitdi. 67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Og‘abek Muqimov Osiyo chempioniga aylandi. 60 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda esa Dostonbek Oripov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Behruzbek Valiyev 72 kilogrammgacha, Bekmurod Rustamov 82 kilogrammgacha va Faxrikamol Komiljonov 97 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifalarida bronza medal sohibiga aylandi.

Grek-rim kurashi bo‘yicha barcha bahslar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi chempionatni ikki oltin, ikki kumush va to‘rt bronza medal bilan tugatdi. Ushbu natija jamoaga umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni taʼminladi.