Gayane Umerova Pompidou markazi bilan hamkorlik va Tadao Ando loyihasini muhokama qildi
Gayane Umerova Pompidou markazi bilan hamkorlik va Tadao Ando loyihasini muhokama qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Pompidu markazi prezidenti Loran Le Bon bilan uchrashdi.
Tomonlar muzeylar ishi, jumladan, kolleksiyalarni boshqarish, muassasaviy sheriklikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sohasida uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda muzeylar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, shu jumladan, I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi sara to‘plamlarini birgalikda tadqiq etish, ko‘rgazma loyihalarini tashkil etish, kasbiy almashinuv va muassasaviy sheriklikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Pompidu markazi va Tadao Ando loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Milliy muzeyi o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston delegatsiyasiga Pompidu markazining bo‘lajak xalqaro loyihalari va tadbirlari taqdim etildi.
Delegatsiya, shuningdek, 2030-yilda tashrif buyuruvchilar uchun qayta ishga tushiriladigan keng ko‘lamli rekonstruksiya qilish jarayoni bilan tanishdi.