Oʻzbekiston va Xitoy kompaniyasi suv infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Xitoy kompaniyasi suv infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Xitoyning “Guangdong Industrial Environmental Protection Industry Group” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini rivojlantirish, ekologik infratuzilmani takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohani raqamlashtirish hamda xalqaro tajribani qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish, suv resurslaridan samarali foydalanish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish va raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha Xitoy tajribasi taqdimot qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashishni davom ettirish hamda istiqbolli loyihalar yuzasidan mutaxassislar darajasidagi muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.