O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Texnologiyalar

Senat Enterprise Uzbekistan haqidagi qonunni qaytardi

UzDaily tahririyati · 09.07.2026 · 18:10 · 34 views
Senat Enterprise Uzbekistan haqidagi qonunni qaytardi

Senat Enterprise Uzbekistan haqidagi qonunni qaytardi

 

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun koʻrib chiqildi.

Mazkur Qonun mamlakatimizda investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, xalqaro kapitalni jalb qilish hamda Oʻzbekistonning xalqaro raqamli hamjamiyatga qoʻshilish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

Qonunda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining maqomi va Markaz hududida amal qiladigan maxsus huquqiy rejim belgilanmoqda.

Shu bilan birga, Markaz organlari va ishtirokchilari, faoliyatining huquqiy asoslarini, investitsiya faoliyatini amalga oshirish, “Tartibga solish qumdoni”ni joriy etish, davlat xizmatlari koʻrsatish, mehnat munosabatlari, soliq, bojxona va valyuta sohalaridagi maxsus tartiblarni belgilashga qaratilgan normalar ham Qonunda oʻz aksini topgan.

Majlisda syenatorlar Raqamli texnologiyalar markazida joriy qilinayotgan maxsus huquqiy rejim haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

Muhokama davomida Qonunning ayrim normalarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar bildirildi.

Xususan, Markaz Boshqaruv kengashi hamda Markaz maʼmuriyatining iqtisodiy va tartibga solish choralarini qoʻllash sohasidagi vakolatlarini qoʻshimcha ravishda kengaytirish, investorlar huquqlari va investitsiyalarni himoya qilish kafolatlari xalqaro standartlar asosida yanada kuchaytirish lozimligiga eʼtibor qaratildi.

Senatorlar fikricha, mazkur takliflarni inobatga olgan holda ushbu Konstitutsiyaviy Qonun ustida yanada puxta ishlash investorlar huquqlarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Qizgʻin muhokama natijasida Konstitutsiyaviy Qonunni takomillashtirish boʻyicha takliflar bilan Qonunchilik palatasiga yuborish, senatorlar va Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat tarkibda kelishuv komissiyasini tuzish hamda manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar vakillarini jalb qilgan holda Qonunni qayta ishlash maqsadga muvofiq degan xulosaga kelindi.

Muhokama yakunida Senatning ushbu Konstitutsiyaviy Qonunni takomillashtirish yuzasidan qarori qabul qilindi.