O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Eron sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

UzDaily tahririyati · 16.07.2026 · 13:30 · 30 views
Oʻzbekiston va Eron sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston va Eron sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammadali Iskandariy bilan uchrashdi.
 
Muloqotda mazkur davlat bilan tibbiyot yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
 
Qayd etilganidek, keyingi yillarda davlatlarimiz rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlar natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda bo‘lgani kabi sog‘liqni saqlash yo‘nalishida ham izchil rivojlanmoqda. Buni ikki davlat Sog‘liqni saqlash vazirliklari, tibbiyot markazlari hamda oliy ta’lim muassasalari aloqalari faollashib borayotgani yaqqol tasdiqlaydi.
 
Uchrashuvda hamkorlikni yanada kengaytirish masalasiga katta e’tibor qaratildi. Xususan, yetakchi tibbiyot markazlari o‘rtasida kardioxirurgiya, transplantologiya, onkologiya, yuqori texnologiyali tibbiy yordam sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
Muloqot davomida farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Yakunda tomonlar yaqin istiqbolda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.