Oʻzbekiston va AQSh ilmiy hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va AQSh ilmiy hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 14-iyul kuni Geologiya fanlari universitetida AQSHning United States Geological Survey (USGS) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda geologik xaritalash, ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma seminar va treninglar tashkil etish, laboratoriyalar salohiyatini rivojlantirish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar geologiya sohasida ilg‘or tajribalarni joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.