O‘zbekiston TIV rahbari Jazoirning yangi elchisini qabul qildi
O‘zbekiston TIV rahbari Jazoirning yangi elchisini qabul qildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Jamila Ashurdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar joriy yil iyun oyida O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbarining Jazoirga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim, madaniy va boshqa istiqbolli sohalarda hamkorlikni yana-da faollashtirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Uchrashuv yakunida Baxtiyor Saidov Jazoirning yangi elchisiga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyati muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishini tiladi.