O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Namanganda noqonuniy diniy taʼlim holati aniqlandi

UzDaily tahririyati · 07.07.2026 · 22:30 · 30 views
Namanganda noqonuniy diniy taʼlim holati aniqlandi

Namanganda noqonuniy diniy taʼlim holati aniqlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy taʼlim berilgani holati aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Idora maʼlumotlariga ko‘ra, «Yangi Zamin» mahallasida yashovchi fuqaro bolalar uchun diniy mashg‘ulotlar tashkil qilgan. Aniqlanishicha, u 27 nafar voyaga yetmagan bolaga taʼlim berib, ularning ota-onalaridan har biri uchun 100 AQSH dollaridan haq olgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining diniy taʼlimotlarni o‘qitish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 229-2-moddasi ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, voyaga yetmaganlarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 47-moddasiga muvofiq choralar ko‘rildi.

Ularga besh baravar bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida jarima tayinlandi.